Jamiyat | 10:51 / 10.06.2017
4532
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida gumanitar yordam uchun otishmada 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Somalida oziq-ovqat mahsulotlari solingan qoplar uchun kechgan otishmada 14 kishi halok bo‘ldi va 20 kishi yaralandi.

Baydoa shahrida somalilik harbiylar ocharchilikdan aziyat chekayotganlarga mo‘ljallangan gumanitar yordamni talashga harakat qilishgan. Yeguliklarni qo‘riqlayotgan boshqa harbiylar talonchilarga qarata o‘q uzishgan. Ikki tomon o‘rtasida chiqqan otishma oqibatida oziq-ovqat olish uchun navbatda turgan oddiy odamlar eng ko‘p talofat ko‘rganlar.

Somalida kuchli qurg‘oqchilik va "Ash-Shabob" terrorchilik guruhi jangarilarining hujumlari sababli yarim millionga yaqin odam o‘z uylarini tashlab, gumanitar yordam tarqatish punktlari tashkillashtirilgan yirikroq shaharlarga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lganlar. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Baydoada 150 mingga yaqin muhojir bor.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoning deyarli 40 ta davlati oziq-ovqat yordamiga muhtojlik sezadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid