Puerto-Riko fuqarolari AQShga qo‘shilish uchun ovoz berishdi
Yakshanba kuni Puerto-Rikoning maqomi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda aksariyat fuqarolar bu hududning AQShga 51-shtat sifatida qo‘shilishini ma'qullashdi. Bundan ovozlarni hisob-kitob qilish jarayoni natijalari darak bermoqda.
Natijasi tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan referendum rasmiy saytida e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, saylov uchastkalariga 2,29 mln kishidan 509 mingga yaqini kelgan. Qatnashchilarning taxminan 97 foizi Puerto-Rikoni AQShning 51-shtatiga aylanishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashdi.
Arxipelagning avvalgi maqomini saqlab qolish uchun esa saylovchilarning 1,5 foizi ovoz berdi. Oktyabr oyida ovoz berishning yana bir turini o‘tkazishni referendumda qatnashganlarning 1,3 foizi qo‘llab-quvvatladi.
Referendumni o‘tkazish g‘oyasi arxipelagni AQSh tarkibiga yangi shtat sifatida kirishini qo‘llab-quvvatlovchi partiyadan chiqdi. Uning vakillari taxminicha, bu Puerto-Rikoga jiddiy moliyaviy qiyinchilarni yengib o‘tishda yordam beradi. Fuqarolarning ovoz berish natijalari AQSh kongressi uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Avvalroq Puerto-Rikoni AQShning yangi shtati bo‘lishiga qarshi chiqayotgan mahalliy siyosiy kuchlar referendumni boykot qilishlari haqida xabar berilgandi. The Washington Post gazetasining ta'kidlashicha, AQSh Kongressidagi respublikachilar arxipelag maqomini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymadilar. Bunga sabab – agarda Puerto-Riko Amerikaning 51-shtatiga aylansa, uning fuqarolari demokratlar partiyasini katta ehtimol bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Puerto-Riko hukumati jiddiy iqtisodiy inqiroz sabab 70 mlrd dollarlik qarzlaridan qutula olishmayapti. Qarzdorlikni qayta tuzish borasidagi maslahatlashuvlar esa hech qanday natija olib kelmadi.
Puerto-Riko gubernatori Rikardo Roselloning umid qilishicha, Vashingtondagilar referendum natijalarini hisobga olishadi.
"Bugungi kundan boshlab federal hukumat Puero-Rikoning amerikalik fuqarolari fikrini inobatga olmaslikka haqi yo‘q", - deya Roselloning so‘zlarini keltiradi Associated Press agentligi. Gubernatorning qo‘shimcha qilishicha, "Vashingtondagilar bunday holatda dunyoning boshqa qismlarida demokratiyani talab qilishlari tushunarsiz bo‘lardi".
Mavzuga oid
18:44
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024