Jahon | 17:58 / 12.06.2017
5410
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya bosh vaziri Bryusselni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Bryusselni terrorchilarga sheriklik qilishda aybladi. Bu haqda Bolgariyaning BGNeS agentligi xabar bergan.

«Bizning hukumat Yevropa pozitsiyasini himoya qiladi. Biz Yevropa kelishuvini himoya qilmoqdamiz, jumladan, YeIga a'zo davlatlar va Bryussel o‘rtasida javobgarlikni taqsimlashni ham. Vengriya emas, Bryussel o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi», - deya ma'lum qildi Orban Vengriya parlamentida chiqish qilib.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Orban Bryusselni «terrorchilar tomonidan turishda» ochiqdan ochiq ayblagan hamda bunday pozitsiya umuman tushunarsiz ekanini ta'kidlab o‘tgan.

Shuningdek, Vengriya bosh vaziri «moliyaviy chayqovchi» Jorj Soros Yevropaga nima qilish kerakligini ko‘rsatayotgani, yevropalik yetakchilar esa unga ta'zim qilayotganlarini tushunmasligi ham qayd etdi.

Avvalroq Vengriya hukumatidagilar YeI mamlakatga qarshi sanksiyalar kiritish niyatida ekanini ma'lum qilishgandi. Bu ushbu davlatda amerikalik milliarder Jorj Sorosning universitetini yopishga bo‘lgan harakatlar tufayli yuz berishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid