Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya davlat dumasi messenjerlarni tartibga solish qonun loyihasini qabul qildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya davlat dumasi birinchi o‘qishda messenjerlar ishini tartibga solish qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu hujjat telefon raqam bo‘yicha foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish yoki ularga xabar almashishni rad etish majburiyatini qo‘yadi.
Qonun loyihasi messenjerlarga o‘z xizmatlarini telefon raqami bo‘yicha identifikatsiya qilingan foydalanuvchilargagina taqdim qilish majburiyatini qo‘yadi. Bunga esa messenjer va aloqa operatori o‘rtasida identifikatsiya haqidagi kelishuv asos bo‘ladi.
Bundan tashqari, messenjerlar foydalanuvchilarga boshqa foydalanuvchilarning xabarlarini olishdan bosh tortish imkoniyatini berishi hamda davlat organlari murojaati bilan xabarlarni yuborish imkoniyatini ta'minlashi kerak.
Shuningdek, Rossiya qonunchiligiga zid bo‘lgan ma'lumotlarga ega xabarlarni jo‘natishni cheklash imkoniyati ko‘zda tutiladi. Agar bu shartlar bajarilmasa aloqa operatori sud qarori asosida mutasaddi organ qarori bilan messenjerga kirishni cheklashi mumkin.
Avvalroq ushbu qonun loyihasini Roskomnadzor qo‘llab-quvvatlagandi. Tashkilot fikricha, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish terrorchilik xavflariga samaraliroq kurashishga imkon beradi.
Mavzuga oid
21:09 / 13.05.2026
Rossiyadagi fabrikada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar mushtlashdi
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026