Jamiyat | 19:12 / 14.06.2017
7748
2 daqiqa o‘qiladi

Taniqli oshpaz Londondagi yong‘indan jabrlanganlarni restoraniga taklif qildi

Taniqli oshpaz Jyeymi Oliver London g‘arbidagi yong‘inda jabrlanganlarni o‘z restoraniga taklif qildi. U yonib ketgan uy yonidagi savdo markazida joylashgan.

London g‘arbidagi 24 qavatli turar joy binosida yong‘in chorshanbaga o‘tar kechasi yuz berdi. Yong‘in natijasida jabrlangan taxminan 74 kishi shifoxonada qolmoqda. kamida olti kishi halok bo‘lgan. O‘t o‘chirish xizmati xodimlarining xabar berishicha, taxminan 120 oila yong‘indan jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkin, xavfsiz joyga ko‘chirilgan fuqarolar yaqin orada joylashgan jamoat markazlari, masjidlar va cherkovlarda joylashtirildi.

"Ushbu dahshatli yong‘in sabab jabr ko‘rgan barcha 100 oila. Restoranimga taklif qilaman, siz italyancha oshxonaga ixtisoslashgan jamoam tomonidan ajoyib, mazali taomlar va ichimliklar bilan siylanasiz. Biz shu yaqin yerda, Westfield savdo markazida joylashganmiz", - deya yozdi Oliver Instagram’da.

"Siz uchun taomlar va ichimliklar bepul, siz mening menejyerim Xuan bilan gaplashsangiz bo‘ldi, hamda bizni hammasini uyushtiramiz. Yong‘in qurbonlari sabab motamdamiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi mashhur bosh oshpaz.

Favqulodda holat ro‘y bergan yerda ishlar yana kamida 24 soat davom etadi. O‘t o‘chirish xizmati xodimlari 10 soatdan beri olovni o‘chirishga urinmoqda.

Londondagi turar joy binosi yonib ketishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan (fotojamlanma)

Mavzuga oid