London şarqida joylaşgan 27 qavatli turar-joy binosida kuçli yonğin sodir böldi. Bu haqda şahar öt öçiriş xizmati tvitterda ma'lum qildi.

Qutqaruvçilar ma'lumotlariga köra, voqea Kensington tumanining şimolidagi Lancaster West Estate binosida yuz bergan. Yonğinni öçirişga 200 ga yaqin öt öçiruvçi taşlangan.

Ma'lum qilinişiça, yonğin tong otişiga yaqin boşlangan. Politsiya binodan odamlarni evakuatsiya qilmoqda. Politsiya ma'lumotlariga köra, falokat oqibatida kamida ikki kişi jarohat olgan. Ularda tutundan zaharlaniş alomatlari qayd qilingan.   

Yonğin suratlari va videolari ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilmoqda. Bu suratlardan binoning ançagina qismi yonğin bilan qamrab olinganini köriş mumkin.

Yonğin sabablari hali örnatilmagan.