Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldan Tbilisiga parvoz qilgan samolyotni yashin urdi
Istanbuldan Tbilisiga parvoz qilgan Atlas global aviakompaniyasi samolyotini yashin urdi. Bu haqda avialayner yo‘lovchilari OAVga xabar berishdi.
«Parvozga chiqqanimizdan 15-20 daqiqa o‘tib hamma yorqin nurni payqadi, hamda samolyotni yashin urdi. Shundan so‘ng boshqaruv bilan muammolar yuzaga keldi, uchuvchi aeroportga qaytib ketish haqida qaror qabul qildi», - deya ma'lum qildi guvohlardan biri.
Boshqa bir yo‘lovchining qayd etishicha, hodisa tufayli jabrlanganlar yo‘q, biroq samolyot zarar ko‘rgan, «va aynan shuning uchun aeroportga qaytish haqida qaror qabul qilindi».
Xabarlarga ko‘ra, Istanbul-Tbilisi reysi bir necha soatdan keyin amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
19:27 / 05.04.2026