Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:56 / 20.06.2017
13222
1 daqiqa o‘qiladi
Uchtepa tumanidagi sexda yong‘in yuz berdi, bir ishchining jasadi topilgan
Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Eski gilamlarni titish sexi»da yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi.
Yong‘in oqibatida 150 kv. metr maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. Olovni o‘chirish vaqtida sex ishchisining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Hodisa sababi aniqlanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish