10:47 / 23.06.2017
8620

Bekobodda 20 mln so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Bekobod tumanida  yashovchi Mastura Shahobiddinova (ismlari o‘zgartirilgan) jamiyatda foydali mehnat turi bilan shug‘ullanmasdan, jinoyat sodir etish yo‘liga kirdi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilib, firibgarlik ya'ni aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan tez va oson pul topish yo‘lini afzal bildi. Biroq bu ishning oxiri voy bo‘lishini tasavvur ham qilmadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB.

2017 yil 9 fevral kuni taxminan soat 17:00 da Bekobod tumani “Yangi xayot” fermerlar uyushmasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan Nilufar Baxtiyorovaning ishonchiga kirish maqsadida, u ishlaydigan Bekobod tumani Zafar shaharchasida joylashgan “Zumrad” nomli go‘zallik saloniga kelib, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan 16 gramm tilla taqinchoqlarini 3-4 kun muddat ichida har bir grammini 180.000 so‘mdan jami 2 880 000 so‘mga sotib berishlikni oldindan va'da qilib, ushbu tilla taqinchoqlarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tilla taqinchoqlarni sotish evaziga kelgan pullarni o‘zining extiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, fuqarolarning pul mablag‘lari bo‘lgan plastik kartochkalarini naqd qilib berishlikni oldindan va'da qilib, buning evaziga 10 foizini o‘ziga olib qolishlikni aytib, 1964 yilda tug‘ilgan Bahodir Oltmishovning hisobida 3 770 000 so‘m miqdoridagi, 1985 yilda tug‘ilgan Shodmon Shodiyevdan hisobida 6 700 000 so‘m miqdoridagi, 1949 yilda tug‘ilgan Sherali Qoriyevning hisobida 7000 000 so‘m miqdoridagi pullari bo‘lgan plastik kartochkalarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, plastik kartochkalarning hisobida bo‘lgan pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

Shunday qilib, fuqaro Mastura Shaxobiddinova jami 20 350 000 so‘m miqdordagi pullarni aldash, o‘zgalarning ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirishga erishadi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bu firibgarliklarga chek qo‘yildi. Endilikda Mastura Shahobiddinova sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonun oldida javob beradi.

Mavzuga oid
Top