Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoga impichment e'lon qilinishi mumkin
Foto: ria.ru
Ukraina Oliy radasining birdaniga bir necha fraksiyasi prezident Pyotr Poroshenkoga impichment e'lon qilish jarayonini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Izvestiya" "Batkivshchina" partiyasidagi manbalarga asosan xabar berdi.
Partiya yetakchisi Yuliya Timoshenko shunday tashabbus bilan chiqqan. Gazeta suhbatdoshi so‘zlariga ko‘ra, "Batkivshchina" ushbu tashabbusni to‘la qo‘llab-quvvatlagan, sababi “hukumatdagi korrupsiya va suiiste'mol qilish holatlariga boshqa chidab bo‘lmaydi”.
Impichment g‘oyasini Muxolif blok va “Samopomoshch” partiyasi, shuningdek, qator fraksiyalardan deputatlar qo‘llab-quvvatlashdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, final bosqichida uni Oleg Lyashkoning Radikal partiyasi ham qo‘llashi mumkin.
"Batkivshchina"dan xalq deputati nuqtai nazariga ko‘ra, Poroshenkoning impichmenti uchun kamida oltita asos bor, ulardan eng muhimi – prezidentlik vakolatlarini qator masalalar bo‘yicha bajarmaslik.
Impichment jarayoni Ukraina konstitutsiyasi bilan nazarda tutilgan, biroq amalda uni hozirda tegishli qonunning yo‘qligi tufayli amalga oshirish imkonsiz.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qonun loyihasi Radaga kiritildi va yaqin orada ko‘rib chiqilishi lozim.
Mavzuga oid
23:05 / 24.02.2026
Oq emas, ko‘k-sariq bayroq ko‘tardik – Zelenskiy urushning 4-yilida murojaat yo‘lladi
19:33 / 24.02.2026
AQSh Rossiyaning rejasidan ancha oldin xabar topgandi. Ukrainlar va yevropaliklar nega bunga ishonmagan?
15:44 / 24.02.2026
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi
13:55 / 24.02.2026