Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShda arab mamlakatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarda arab davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit tashkillashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. U tomonlarni kelishmovchiliklarni chetga surib, terrorizmga qarshi kurashishda birlashishga chaqirmoqchi. Fox News telekompaniyasi juma kuni shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tramp 1978 yilda AQSh prezidentining Kemp-Devidda - shahar tashqarisidagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan sammitga o‘xshash uchrashuvni tashkillashtirmoqchi - o‘sha uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida dastlabki kelishuv imzolangan va bu ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik to‘g‘risidagi bitim uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.
Prezident qator arab davlatlari va Qatar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar avj olgan bir paytda ularning barini bir stol atrofiga to‘plamoqchi va ularni mintaqadagi barqarorlik uchun birlashishga undamoqchi. "Hozir Kemp-Devidning ayni vaqti, degan gazetaning Oq uydagi manbasi. - Biz 40 yildan buyon bu kabi o‘xshash voqealarga guvoh bo‘lmadik va ayni damda prezident shunday rejalar tuzmoqda".
Sammitning taxminiy muddati ham ma'lum qilinmagan. Manbaga ko‘ra, bu borada muhokamalar davom etmoqda.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
08:33 / 23.01.2026
Grenlandiya bo‘yicha sammit: YeI rahbarlari o‘z birdamligini ta’kidladi
18:08 / 17.12.2025