18:54 / 23.06.2017
11158

Janubiy Koreya ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Foto: news20.busan.com

Janubiy Koreya o‘zi ishlab chiqargan kichik ta'sir radiusiga ega bo‘lgan "Xyonmu-2" ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu raketa 800 km gacha masofadagi nishonni urishga qodir. Bu haqda 23 iyunda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

"Bu raketa Shimoliy Koreya tomondan raketa hujumi amalga oshirilishi holatiga qarshi qurol-aslaha tizimimizning muhim qismi bo‘ladi", deb aytgan Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili. Sinov Seuldan 200 km uzoqlikdagi poligonda o‘tgan va unda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ishtirok etgan. Ta'kidlanishicha, bu oxirgi vaqtda to‘rtinchi shunday sinov hisoblanadi.

Koreya yarimorolidagi vaziyat o‘tgan yil boshida Pxenyan yadroviy sinov o‘tkazib, keyinroq Yerning sun'iy yo‘ldoshiga ega ballistik raketani uchirgandan keyin keskinlashgan. 2016 yil sentabrda Shimoliy Koreya yana bitta yadroviy sinov o‘tkazgan va yil davomida umumiy hisobda 20 dan ko‘proq raketa uchirgan.

Mavzuga oid
Top