Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi
O‘zbekiston bosh konsulxonasi Yekaterinburgda ochiladi.
RF hukumati farmoyishida Rossiya TIVning bu boradagi taklifi qabul qilingani, Ural federal okrugida O‘zbekiston Respublikasi konsulxonasi bo‘lishi ma'lum qilingan.
Konsullik Sverdlovsk, Tyumensk, Kurgansk, Chelyabinsk viloyatlari, shuningdek, Xanti-Mansiysk va Yamal-Nenetskiy avtonom okruglarini qamrab oladi.
Bu hududlarga shu vaqtgacha O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsulxonasi mas'ul hisoblanar edi.
Bugungi kunda faqat Moskva va Novosibirsk shaharlarida O‘zbekiston fuqarolariga konsullik bo‘limlari xizmat ko‘rsatmoqda. Bu ikki muassasa Rossiya Federatsiyasining 8 federal okrugidan 7tasida faoliyat olib boradi (taxminan Rossiyaning 80 hududi).
Eslatib o‘tamiz, shu yil aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobov Rossiyada yana 5ta konsulxona ochilishi haqida ma'lum qilgandi. O‘zbekiston konsulxonalari Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov va Vladivostokda ham ochilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:12 / 26.02.2026
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga oid marmar plita parchasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
14:07 / 27.12.2025
Yekaterinburgda tashlab ketilgan o‘zbekistonlik chaqaloq vatanga qaytarildi
08:18 / 19.09.2025
Yekaterinburgda mushkul ahvolda qolgan ona va uning farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:53 / 11.09.2025