Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida yuridik xizmat xodimlari malakasi sinovdan o‘tkaziladi
Qonun hujjatlari talablariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kun.uz’ga Adliya vazirligining xabar berishicha, joriy yilning iyul oyida Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistik qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi, “Xalqaro hamkorlik markazi” AK, “O‘zagrosug‘urta” AJ, “O‘zpaxtaeksport” AJ hamda Navoiy va Namangan viloyatlari hokimliklari yuridik xizmatlarining tegishli xodimlari Adliya vazirligida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, ularning qonun hujjatlarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan mas'uliyatini oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
10:20 / 08.07.2026
Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim muassasalari tekshirilmaydi
11:45 / 15.06.2026
Advokatlar davlat muassasalariga shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatishi mumkin
09:17 / 11.06.2026