Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi eng arzon uy-joy qaysi davlatda ekani ma'lum qilindi
Yevropadagi turar joy uchun eng arzon narxlar Gretsiyada qayd etilgan. Bu haqda Ekathimerini nashri RE/MAX Europe ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlik tadqiqotiga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatda bir yil avval maydoni 100 kvadrat metr bo‘lgan xonadonni o‘rtacha 92 ming yevroga, xususiy uyni esa – 67 mingga sotib olish mumkin edi. 2015 yildan boshlab yirik shaharlarda bir kvadrat metr narxi 20 yevroga tushib ketdi, biroq viloyatlarda aynan shuncha miqdorga oshgan. Agentlik mutaxassislari fikricha, bu kurortlardagi ko‘chmas mulkka qiziqish ortib borayotganidan dalolat.
Ko‘chmas mulk nuqtai nazaridan eng qimmat davlatga Lyuksemburg aylandi. U yerda 100 metrlik xonadon 797 ming yevro turadi. Ikkinchi o‘rinda – Shveytsariya (754 ming yevro)
3 may kuni Monakodagi turar joy ko‘chmas mulki dunyodagi eng qimmati ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:46 / 13.07.2026
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
10:40 / 13.07.2026
Shtaynmayyer: Yevropa Rossiya va AQShning «shafqatsizlik siyosati»ga o‘z modeli bilan javob berishi kerak
09:00 / 13.07.2026
Yevropada issiqlik to‘lqini qurbonlari soni 10 mingdan oshdi
09:44 / 08.07.2026