Prezidentning 16.06.2017 yildagi PQ–3067-son «Davlat mulki obektlarini sotiş tartib-taomillarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qildi, deb yozmoqda Norma.uz.

Qabul qilingan qarorda ta'kidlanişiça, Vazirlar Mahkamasi, Davlat raqobat qömitasi vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari bilan hamkorlikda obektlar toifalarining töliq xatlovi ötkazildi.

Xatlov natijalariga köra quyidagilar tasdiqlandi:

•  xususiylaştirilmaydigan davlat mulki strategik obektlarining yagona röyxati;

•  Prezident va Hukumat qarorlariga binoan davlat tasarrufidan çiqariladigan va xususiylaştiriladigan davlat mulki obektlari röyxati;

•  Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining raisi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimlari tomonidan xususiylaştiriş töğrisidagi qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obektlari röyxatini aniqlaş mezonlari.

Davlat mulkining nostrategik obektlarini xususiylaştiriş böyiça takliflar va arizalar keyinçalik hokimlar tomonidan ma'qullanişidan oldin 6.10.2014 yildagi 279-son VMQga muvofiq tuzilgan hududiy tanlov komissiyalari tomonidan körib çiqiladi.

Ijobiy qaror quyidagi obektlar toifasiga nisbatan qabul qilinişi mumkin:

1)  bino va inşootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gaça bölgan davlat mulkining böş turgan yoki foydalanilmayotgan obektlari;

2)  bino va inşootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gaça bölgan qurilişi tugatilmagan, tugatilişi uçun moliyaviy manbasi bölmagan obektlari;

3)  bino va inşootlarining umumiy egallagan maydoni 2000 kv.m.gaça bölgan tugatiliş jarayonida sotilmagan va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga berilgan obektlar;

4)  xöjalik jamiyatlari yoki boşqa taşkilotlardagi davlat uluşlari (aksiyalari):

- asosiy fondlarining balans qiymati EKIHning 50 ming barobaridan oşmagan;

- xodimlarining örtaça yillik soni 500 kişidan oşmagan.

Bunda Toşkent şahridagi obektlarning xususiylaştirilişi Vazirlar Mahkamasining tegişli Komplekslari bilan kelişilişi zarur, davlat organlarining hududiy bölinmalariga biriktirilgan obektlar (butun respublika böyiça)ning xususiylaştirilişi yuqori turuvçi respublika organlarining roziligi bilan amalga oşiriladi.