Sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida xitoy tilidagi banner va reklamalar köpayib bormoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarni keltirib çiqaryapti. Oxirgi kunlarda xitoyliklar Toşkentda köplab yerlarni ham sotib olayotgani haqida miş-mişlar ham urçidi. 6 mart kuni Kadastr agentligi bu miş-mişlarni asossiz deb atab, bayonot e’lon qildi.

Agentlikka köra, Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, çet ellik fuqarolar va yuridik şaxslar, fuqaroligi bölmagan şaxslar, çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar yer uçastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bölişi mumkin.

“Xöp ijaraga bersag-u xususiylaştirib olsa-çi, unda nima qilamiz?" deb vahimaga tuşmang. Xavotirga örin yöq, “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida”gi qonunga muvofiq, çet ellik fuqarolar, fuqaroligi bölmagan şaxslar, çet el yuridik şaxslari, çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar, şuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xususiylaştiriş sub’yektlari bölmaydi, ya’ni çet elliklarga yer xususiylaştirib berilmaydi”, – deyiladi rasmiy bayonotda.

Agentlik jamoatçilikni qişloq xöjaligi yerini çet elliklar xususiylaştirib oladimi, deb özini qiynamaslikka çaqirgan.

“Qişloq xöjaligi yerlarini hatto Özbekiston Respublikasining fuqarolari ham xususiylaştirib ololmaydi.

Şunday ekan, yerlarimiz çet el fuqarolariga berib yuborilyapti mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigaça örganilmasdan çiqarilgan xabarlar”, – deyiladi bayonotda.

Kadastr agentligi bunday ma’lumotlarni tarqatadiganlar uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 202-moddasi 2-qismi, Jinoyat kodeksining 244-moddasi 6-qismi borligini eslatib qöygan.