Yevropaning top-klublari allaqaçon yozgi transferlar oynasiga tayyorlanmoqda. Klublar rahbariyati kuçaytiriş zarur bölgan pozitsiyalarni belgilab olmoqda va nomzodlar şort-listlarini tayyorlamoqda. Katta jamoalarga doimo forvardlar zarur. Va kelayotgan yozda futbol jamoatçiligi hujumçilar klubini özgartirişi bilan boğliq bir qança şov-şuvli transferlarga guvoh bölişi tayin. Quyida – yozda top-klublar navbatda turişi kutilayotgan top-11 töpurar haqida.

Aleksander Isak («Nyukasl»)

Yoşi: 25
Joriy mavsumdagi statistikasi: 33 öyinda 23+5
Amaldagi şartnomasi muddati: 2028 yil 30 iyun
Transfer bahosi: 100 mln yevro (Transfermarkt)

Foto: George Wood/Getty Images

Şvetsiyalik hujumçi yozdagi asosiy lotlardan biri. 25 yoşli forvard ayni kuçga tölgan davrida: Angliya çempionati töpurarlar poygasida u 19 gol bilan uçinçi örinda — Muhammad Saloh (25) va Erling Holanddan keyin (21). Ammo «Nyukasl» bilan APL va YeÇL ğolibligi uçun kuraşiş qiyin. Mart oyida «Nyukasl» bilan ilk sovrinini (Angliya ligasi kubogi) qölga kiritgan Isak endi Yevropaning katta klublariga ötişga tayyor. Top klublar ham uni sotib olişga. Insayder Devid Ornşteyn Isak «Arsenal», «Liverpul», «Çelsi» va «Barselona» klublari da’vogar ekanini xabar qilgan. Ayniqsa, «töpçilar» unga ançadan buyon qiziqib bildirib keladi, jamoa boş murabbiyi Mikel Arteta uning muxlisi hisoblanadi. Şu bilan birga, «Nyukasl» özining eng yaxşi töpurarini qöyib yuborişni istamaydi va 150 mln funtdan kam taklifni körib çiqmoqçi emas. Agar «qarğalar» YeÇLning keyingi mavsumiga yöllanma qölga kirita olmasa, futbolçini olib qoliş amalda imkonsiz iş.

Viktor Dyokereş («Sporting»)

Yoşi: 26
Joriy mavsumdagi statistikasi: 42 öyinda 42+11
Amaldagi şartnomasi muddati: