Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada juma kungi kuchli yomg‘ir yog‘ingarchilik bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Moskvada juma kungi yomg‘ir iyun oyidagi yog‘ingarchilik bo‘yicha rekord o‘rnatdi, shu bilan birga, o‘tgan oy kuzatuvlar tarixidagi eng namlisiga aylandi.
"30 iyun kungi yomg‘ir ikkita rekord keltirdi: u Moskvadagi kuzatuvlar tarixida 30 iyun kuni yuz bergan eng kuchlisi va butun iyundagi eng kuchlisiga aylandi. 2017 yilning iyun oyi tarixdagi eng namli ob-havoga ega ikkinchi oy bo‘ldi", - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, juma kungi 65 millimetr yomg‘ir yog‘gan, yoki oylik normaning 84 foizi. Juda kuchli yomg‘irlar Sheremetevo (60 millimetr), Dolgoprudniy (58 millimetr) va Nemchinovkada (51 millimetr) ham kuzatildi.
Ob-havo markazidan xabar berishlaricha, Moskvada so‘nggi bor juda kuchli yomg‘ir 2016 yilning 15 avgust kuni yuz bergan, o‘shanda bir sutkada 88 millimetr yog‘ingarchilik kuzatilgan.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026