Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: AQShda yil boshidan 492 kishi politsiyachilar qurboniga aylangan
Foto: © REUTERS/Stephen Lam
Washington Post nashri tomondan tuzilgan statistikaga ko‘ra, AQShda 2017 yil boshidan beri politsiyachilar tomondan 492 kishi otib tashlangan. 2016 yilda politsiyachilar qo‘lidan halok bo‘lganlar soni biroz ko‘proq bo‘lgan.
Nashrning ta'kidlashicha, qonunbuzarlar yoki gumonlanuvchilarning o‘limi bilan tugagan politsiyaning chaqirtirilishlari statistikasi 2014 yilda qurolsiz afroamerikalik Maykl Braun o‘limidan keyin olib borila boshlangan. Braun politsiyachilar tomondan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan va bu voqea jamiyat tomonidan katta noroziliklarga sabab bo‘lgan.
WP ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 va 2016 yillarda politsiyachilar qo‘lidan halok bo‘lganlar soni 2014 yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.
"Bu raqamlar politsiyachilar ishtirokidagi bunday hodisalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishsiz qolayotganini ko‘rsatmoqda. Ba'zi joylarda bu son o‘smoqda, ba'zi joylarda esa kamaymoqda, biroq o‘rtacha raqamlar bir xil qolmoqda. 21-asrdagi jamiyatimiz mana qanday ko‘rinishda", deb aytgan Janubiy Karolina universitetidan kriminalshunos.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026