Jahon | 12:52 / 13.07.2017
4526
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda noma'lum shaxslar politsiyachilarni otib tashladi

Foto: Flickr

Pokiston g‘arbida noma'lum shaxslar politsiya patrulini o‘qqa tutdi, natijada huquq-tartibot idorasining kamida to‘rt nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda DAWN nashri politsiyaga asosan xabar tarqatdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hodisa Balujiston viloyatining Kvetta shahrida bugun ertalab yuz bergan. Voqea joyiga politsiya xodimlari yetib keldi. Mahalliy hukumat ro‘y bergan fojia tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Hozircha mintaqada harakatlanuvchi hech bir guruh hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid