Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Zulfiya mukofoti sohibasini uyushmaga rais etib tayinladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tarkibida Yosh ijodkorlar uyushmasi tashkil etildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, O‘zbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Mehrinoz Abbosova ushbu uyushmaga rais etib tayinlangan.
Mehrinoz Abbosova oy boshida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida chiqish qilgan va shu chiqishi tufayli prezident e'tiboriga tushgandi. Abbosova Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan ushbu lavozimga tayinlandi.
«Prezidentimizning Toshkent shahrining Yunusobod mavzesida faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvi yoshlarimizning chin ma'nodagi suyanchi va tayanchi sifatida qayta tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyat mexanizmini yangicha quvvat bilan mustahkamlovchi tuzilmalar joriy etish bo‘yicha amaliy qadamlarga asos bo‘ldi.
Ijodkor yoshlar uyushmasining raisi etib Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, O‘zbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Mehrinoz Abbosova rais etib tayinlandi», deyilgan Namnews.uz xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Kamolot» qurultoyidan keyin prezident 23 yoshli Alisher Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga o‘rinbosar, 25 yoshli Olim To‘ychiyevni O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlagandi.
Mavzuga oid
18:16 / 14.09.2025
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yana bir yo‘nalish uchun «Zulfiya» mukofotini berishni taklif qildi
17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi
20:33 / 04.03.2024
Prezident «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi
19:45 / 07.02.2024