Özbek tilida sözlaşadigan robot ixtiroçisi bölgan 25 yoşli Olim Töyçiyev Prezident Şavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan Özbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi boş direktorining örinbosari etib tayinlandi. Bu haqida agentlik saytida ma'lum qilingan.
U agentlikdagi texnologiyalar transferini taşkil qiliş va innovatsiya yarmarkalari ötkaziş, Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantiriş, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimi bölimlari faoliyatini muvofiqlaştiriş işlariga mas'ul böladi.
Ayni vaqtga kelib, Töyçiyev agentlikda öz iş faoliyatini boşlab yuborgan.
Olimjon Töyçiyev Toşkentdagi Turin politexnika universitetini tamomlagan. 2011 yil universitet qoşida «Mexatronika» markazida mutaxassislar Eldor Hasanov va Mahmud Sultonov kömagida turli innovatsion loyihalarni birma-bir röyobga çiqara boşladi.
Olimjon mazkur markazda ovoz yordamida boşqariladigan robotni ixtiro qildi. Bu ixtiro dasturlar orqali oğzaki aytilgan buyruqni bajaradi va u bilan mobil aloqa yordamida istalgan hudud, istalgan masofadan turib boğlaniş mumkin.
Keyinçalik u «Minisumo» va «Mikrosumo» yönalişlaridagi texnologik işlanmalarni ham yaratdi. Şuningdek, u xorijda bölib ötgan «GEEK PICNIC» texnika va texnologiyalar festivalida Olimjon Töyçiyev «Robosumo» böyiça musobaqada iştirok etdi. Bellaşuv davomida dunyoning köplab mamlakatlaridan kelgan 70 jamoa işlanmalari orasida hamyurtimizning loyihasi «Eng texnologik robot» deb topildi.
2013 yil 4 dekabr kuni Prezident Farmoniga muvofiq, yuqori natijalarga erişgan bir guruh iqtidorli yoşlar qatorida Olimjon Töyçiyev «Şuhrat» medali bilan mukofotlandi.
Ma'lumot örnida: Olimjon Töyçiyev 1991 yil 27 oktabrda Toşkent viloyatining Bekobod şahrida tavallud topgan. 2014 yildan buyon Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti texnopark yangi loyihalar böyiça muhandisi vazifasida işlab kelgan. 2015 yilda uşbu universitetning bakalavr yönalişini tamomlagan. 2017 yili esa Germaniyadagi Hoffenhaym universiteti magistraturasini tugatgan. Rus, ingliz, nemis, italyan tillarida erkin sözlaşa oladi.
U şu vaqtgaça Turin politexnika universiteti magistratura bosqiçida tahsil olib kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, 30 iyun kuni Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida bölib ötgan «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qurultoyda çiqiş qilgan 23 yoşli yigit Alişer Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga örinbosar

















