30 iyun kuni Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida bölib ötgan «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qurultoyda çiqiş qilgan 23 yoşli yigit Alişer Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga örinbosar etib tayinlagan. Bu ma'lumotni «Kun.uz» saytining vazirlikdagi manbasi tasdiqladi.

1 iyul kuni Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov Alişer Sa'dullayevni vazirlik jamoasiga özining yoşlar masalalari böyiça örinbosari sifatida taniştirgan.
Alişer Sa'dullayev 1994 yilning 11 iyulida Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tuğilgan. Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutini tamomlagan, keyinroq Buyuk Britaniyada tahsil olgan.
U şu vaqtgaça Toşkent şahridagi Result öquv markazi rahbari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.










