Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:41 / 24.07.2017
8199
1 daqiqa o‘qiladi
Isroil raketa uchirilganiga javoban Falastindagi postga hujum qildi
Isroil armiyasi tanki falastinliklarning G‘azo sektoridagi pozitsiyalariga hujum qildi. Bu raketa yordamida zarba berilganiga javob tariqasida ro‘y bergan, deb xabar qilmoqda Isroil armiyasining matbuot xizmati tvitterdagi sahifada.
«G‘azo sektoridan uchirilgan raketa chegara panjarasi yonidagi ochiq hududga quladi... Bunga javoban Isroil tanki XAMAS terrorchilik guruhiga tegishli bo‘lgan G‘azo sektori janubida joylashgan postga hujum qildi», - deyiladi ma'lumotda.
Avvalroq G‘azo sektoridan Isroilga raketa uchirilgani xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish