Ğazo sektorining şimoliy qismidan Isroil hududiga raketa uçirildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

«Biroz oldinroq Ğazo sektorining şimoliy qismidan raketa uçirildi. Raketa havodaligidayoq portlab ketgan. Jabrlanuvçilar haqida ma'lumotlar yöq», — deya yozilgan isroilliklar armiyasi rasmiy tvitterida.

Bundan avvalroq Falastin prezidenti Mahmud Abbos Isroil bilan barça darajadagi aloqalar töxtatilgani haqida ma'lum qilgandi. Bunga isroilliklar xavfsizlik çoralari sabab Quddusdagi Ibodatxona toğiga ötiş uçun metall aniqlovçi romlar örnatilgani, Al-Aqso masjidiga 50 yoşga tölmagan musulmonlar kirişi taqiqlangani sabab böldi.

Ötgan haftada uç jangari Ibodatxona toğida ikki politsiyaçini öldirib ketgani bu hududda xavfsizlik çoralari kuçaytirilişiga sabab bölgan.