Jahon | 10:23 / 28.07.2017
7370
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh kongressmenlari Meksika bilan chegarada devor qurishga 1,6 mlrd dollar ajratishni ma'qullashdi

Foto: Reuters

AQSh kongressining vakillari palatasi Meksika bilan chegarada devor qurish uchun “boshlang‘ich to‘lov” sifatida 1,6 mlrd dollarlik byudjyet mablag‘larini ajratish uchun ovoz berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, tashabbusni kongressmenlarning 230 nafari qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 196 nafari qarshi chiqqan.

Meksika bilan chegarada devor qurish Donald Trampning saylovoldi va'dalaridan biri edi. Shu bilan birga, AQShning amaldagi prezidenti Meksikani bunga to‘lashga majbur qilmoqchi edi.

AQSh kongressi vakillar palatasining byudjyet masalalari bo‘yicha komissiyasi Meksika bilan chegarada devor barpo etilishining boshlanishini nazarda tutadigan qonun loyihasini 12 iyul kuni e'lon qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid