O‘zbekiston | 19:40 / 28.07.2017
21853
1 daqiqa o‘qiladi

Alisher Shayxov yangi elchi sifatida Londonga jo‘nab ketdi

Savdo-sanoat palatasining sobiq rahbari Alisher Shayxov O‘zbekistonning Londondagi elchisi sifatida ishga kirishadi.

«2017 yilning 28-iyul kuni ilgari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Alisher Shayxov Toshkentdan London shahriga jo‘nab ketdi»,— deya xabar berilgan O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

Alisher Shayxov 1956 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Toshkent davlat universitetining bitiruvchisi hisoblanadi (1979 yil). Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi, iqtisodiy fanlar nomzodi. Bunga qadar 11 yil davomida – 2006 yilning aprelidan joriy yilning 20 iyun sanasiga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga raislik qilgan.

Mavzuga oid