Jahon | 18:27 / 29.07.2017
18883
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina samolyoti Afrikada halokatga uchradi

Ukrainaning CAVOK Air aviakompaniyasiga tegishli An-74 yuk samolyoti Afrikaning San-Tome orolidan havoga ko‘tarilishda qulab tushgan. Bu haqda Ukraina infratuzilmalari vaziri o‘rinbosari Yuriy Lavrenyuk Facebook sahifasida xabar qildi.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, falokatga uchish chog‘ida qushlar to‘dasining samolyot o‘ng dvigateliga urilishi sabab bo‘lgan», — deb yozgan mulozim. 

Uning aniqlik kiritishicha, barcha ekipaj a'zolari tirik, ammo jarohatlar olishgan. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid