Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlinda jamoat joylarida yuzlarni farqlash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
Berlinda jamoat joylarida yuz qiyofalarini avtomatik tarzda farqlash tizimini sinovdan o‘tkazish boshlandi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Xabarga ko‘ra, yarim yil davom etuvchi loyihada ishtirok etish uchun 250 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning fotosuratlari hamda ismlari tizimda saqlanib qolindi.
Zyudkroyts temiryo‘l stansiyasida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari loyiha doirasida o‘tkinchilarni suratga olib boradi, maxsus kompyuter dasturi esa – yuz qiyofalarini ma'lumotlar bazasida saqlanib qolingan fotosuratlar bilan solishtiradi.
Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezerning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash va jamoat xavfsizligi darajasini oshirishga imkon beradi.
Avvalroq Germaniyaning Hamburg shahrida noma'lum erkak odamlarga pichoq bilan tashlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.04.2026
Rizo Pahlaviy Berlinda hujumga uchradi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
12:49 / 30.01.2026