Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Turkmaniston prezidenti kommandos qiyofasida ko‘rinish berdi

Foto: turkmenistan.gov.tm.
Internetda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov kommandos ko‘rinishida bo‘lgan rolik joylashtirildi.
Berdimuxamedov rolikda kamuflyaj kiyimida avtomat, miltiq va to‘pponchadan otayotgani, pichoqni ustamona uloqtirayotganini ko‘rish mumkin. U bularning barchasini 100 foiz aniqlik bilan, harbiylar olqishlari ostida bajarmoqda. Rolikka qoldirilgan izohlarda Berdimuxamedov jangari filmlar qahramonlariga qiyoslangan. Izoh qoldirganlardan biri Berdimuxamedovga “Turkmenator” deb nom ham bergan. Boshqa bir foydalanuvchi esa suratga olish usuli hind kinosini eslatib yuborishini aytgan.
Turkmaniston davlat axborot agentligi saytida prezident Ashxobodning janubiy qismidagi qo‘shinlar tayyorligini tekshirgani ma'lum qilingan.
“Mamlakat rahbari bu yerda taqdim qilingan eng yangi jangovar qurolni qo‘liga olib, nishonni aniq ura olishini namoyish qildi, bu esa u yuqori darajadagi harbiy tayyorgarlikka egaligining isboti bo‘ldi. So‘ngra prezident to‘pponchadan nishonga o‘q uzishda ustaligini namoyish qildi. Oliy qo‘mondon shtik-pichoqlar bilan nishonni urib, sovuq qurolga mohirona egalik qilish bo‘yicha malakalarini namoyish qildi», deb aytilgan xabarda.

Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi
Jamiyat | 22:48
-
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 22:45
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
Mavzuga oid

21:20
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi

08:57 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025