YeI Turkiyadagi 850 ming qochqinga moliyaviy yordam taqdim etmoqda

Turkiyadagi 850 mingdan ortiq qochqin YeIdan yordam pullarini olmoqda. Bu haqda Associated Press Yevroittifoqdagi amaldorga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, dastur 2017 yilning oxiriga kelib 1,3 mln.dan ortiq qochqinga yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Loyiha o‘tgan yilda imzolangan kelishuvdan so‘ng ishga tushirilgan bo‘lib, unga ko‘ra YeI Turkiyada yashovchi suriyalik qochqinlarga taxminan 3 mlrd yevroni ajratishi belgilangan. Anqara esa buning evaziga Bryusselga noqonuniy migratsiya bilan kurashda yordam berishi lozim.
YeIning moliyalashtirish amalga oshirilayotgan dasturi kam ta'minlangan oilalarga debet kartalarni taqdim etadi. Ular orqali oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa har kunlik ehtiyojlarga to‘lovni amalga oshirish mumkin.
Mavzuga oid

11:22
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi

09:48
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025