Jahon | 19:35 / 05.08.2017
3842
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Venesuela bosh prokurorini ayblab chiqdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat bosh prokurori Luis Ortega Diasni muxolifat vakillariga homiylik qilishda aybladi. Bu haqda Venezolana de Televisión telekanali xabar bermoqda.

«Prokuraturaning qurolli isyonlarga qatnashishi, qonunbuzarlarga uch oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida himoya taqdim etishi; mamlakat oldida ochiq aytmoqdamizki, agarda bu yerda haqiqatdan ham harakat qilgan prokuratura bo‘lganida, allaqachon barcha... jinoyatchilar qo‘lga olingan, sudlangan va qamoqqa tashlangan bo‘lardi, hamda tinchlik o‘rnatilardi», - degan Maduro.

Avvalroq Maduro Meksika prezidentini Tramp tomonidan “zo‘rlangan xizmatchi” deb atagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid