Jahon | 09:46 / 04.08.2017
10045
2 daqiqa o‘qiladi

Maduro: “Meksika prezidenti Tramp tomonidan zo‘rlangan xizmatchi” 

Foto: AP

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Meksika rahbari Enrike Penya Netoni qo‘rqoq va AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan “zo‘rlangan xizmatchi” deb atadi, deya xabar qilmoqda El Nacional.

“Penya Neto, menga quloq sol: o‘zing bilan shunday munosabatda bo‘lishlariga imkon berayotganing sharmandalik. Men Penya Netoni xo‘jayini, Tramp tomonidan zo‘rlangan va yomon munosabatda bo‘linadigan xizmatchi kabi ko‘rmoqdaman”, - deya ma'lum qildi Maduro.

Shuningdek, Venesuela prezidentining fikricha, Tramp Netoga hammaning oldida ikki davlat chegarasida devor qurish bo‘yicha xarajatlar oid buyruq bermoqda.

“Agarda men Meksika prezidenti bo‘lganimda, hamma devorni buzib tashlagan bo‘lardim. Men Meksika prezidenti, bu qo‘rqoq Penya Neto kabi emasman”, - deya ta'kidlab o‘tgan Maduro.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni diktator deb atagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid