Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi YTHda jarohat olgan o‘zbekistonliklarning ahvoli haqida ma'lumot berildi
3 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasining «Issiqqo‘l - Bishkek» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida turli darajadagi tan jarohatlari olgan O‘zbekiston fuqarolari haqida rasmiy ma'lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra 5 avgust kuni Mudofaa vazirligining maxsus harbiy samolyoti Toshkent shahridan uchib Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatining Tamchi shahridan jabrlangan fuqarolarni poytaxtga olib keldi.
So‘ngra jabrlanganlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi hamda ular kompyuter tomografiyasi, rentgen, UZI, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi.
FVV jabrlanganlarning hozirgi vaqtdagi ahvoli haqida quyidagi ma'lumotni berdi:
2006 y.t. Igor Orlov, operatsiya qilingan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2006 y.t. Veronika Orlova, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1976 y.t. Yelena Orlova malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1952 y.t. Lyudmila Ob'yedkova, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1969 y.t. Janna Xan, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2004 y.t. Yana Li, malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshi bo‘lganligi uchun uyiga javob berilgan.
Mavzuga oid
15:29 / 12.02.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida YTH: Mercedes to‘siqqa urildi
11:43 / 12.02.2026
Qirg‘iziston parlamenti spikeri ham lavozimini tark etdi
11:38 / 11.02.2026
«Kutilmagan voqea» – Qirg‘izistonning sobiq «ikkinchi odami» o‘z iste’fosi haqida
10:26 / 11.02.2026