Jahon | 16:55 / 07.08.2017
5287
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda xalqaro "Dasht burguti - 2017" harbiy o‘quv mashg‘ulotlari tugadi

Qozog‘istonda xalqaro tinchlikparvar "Dasht burguti - 2017" harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari tugadi. U respublikaning Olmaota viloyati Iliy o‘quv poligonida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda

Mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashgan NATO ekspertlari Qozog‘istonning "Kazbat" tinchlikparvar bataloni faoliyatini yuqori baholagan. 

Mashg‘ulotlarda NATO va AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiy mutaxassislari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan. Uning asosiy bosqichi  22 apreldan 4 avgustgacha Iliy poligonida bo‘lib o‘tdi. 

"Dasht burguti" mashg‘ulotlari 2003 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Undan maqsad favqulodda vaziyatlarda tinchlikni saqlash, BMT va NATO amaliyotlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish, alyans kuchlari bilan muvofiqlashuvga erishishdir. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid