Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektoridagi obektlarga zarbalar berdi
Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridan uchirilgan raketaga javoban Falastinning Xamas harakati obektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi Twitter’da ma'lum qilgan.
«Bir qancha vaqt muqaddam snaryad Ashkelon mintaqasidagi ochiq joyga tushdi. Jabrlanganlar haqida xabar berilmadi. Isroil harbiy-havo kuchlarining samolyoti bunga javoban Xamasning G‘azo sektori shimolidagi ikkita postni nishonga oldi», - deyiladi xabarda.
2017 yilning 24 iyul kuni ham Isroil raketa uchirilganiga javoban Falastindagi postga hujum qilgandi.
Mavzuga oid
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
21:02 / 26.01.2026
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026