Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shinjon-Uyg‘urdagi kuchli zilzila tufayli jabrlanganlar soni oshib bormoqda
Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida yuz bergan kuchli zilzila tufayli jabrlanganlar soni 32 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Xitoy Markaziy televideniyesiga asosan.
Ta'kidlanishicha, yer silkinishi tufayli 142 ta uy vayron bo‘ldi, yana yetti mingdan ortiq turar-joylar zarar ko‘rgan.
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Boro-Tala-Mo‘g‘ul muxtor okrugining Tszinxe aholi punktida 6,6 magnitudali zilzila Toshkent vaqti soat 4:30lar atrofida yuz bergan.
8 avgust, seshanba kuni esa Sichuan viloyatining Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugidagi Tszyuchjaygou aholi punktida Toshkent vaqti bilan soat 18:19da 6,5 magnitudali yana bir kuchli zilzila yuz berdi.
Avvalroq Sichuandagi kuchli zilziladan so‘ng 30 mingdan ortiq sayyoh evakuatsiya qilingani haqida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026