Zilzila markazi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Urumchi shahridan 400 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 20 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila yuz bergan hudud Xitoy-Qozog‘iston chegarasi yaqinida joylashgan. Hozircha vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Bundan avval Xitoyning markaziy viloyati Sichuanda 7 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgan, 164 kishi jarohat olgan.