Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson: Kim Chen In diplomatik tilni tushunmaydi
AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, prezident Donald Tramp Vashingtonning “o‘t va qahri” haqidagi so‘zlari bilan KXDRga kuchli xabar yuborishga harakat qilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Tillerson bu haqda Guam oroliga yo‘l olayotgan vaqtida jurnalistlarga aytib o‘tgan. Orolda AQSh harbiy bazalari bor hamda Pxenyan aynan ularga zarba berish bilan tahdid qildi.
“Mening fikrimcha, prezident Shimoliy Koreyaga uning yetakchisi Kim Chen In tushunadigan tilda kuchli xabar yubordi”, - deya ta'kidlab o‘tgan Davlat departamenti rahbari.
Tillersonning qayd etishicha, AQSh shimoliy koreyalik diktator deb hisoblovchi Kim Chen In “aftidan, diplomatik tilni tushunmaydi”.
9 avgustga o‘tar kechasi Shimoliy Koreya qurolli kuchlari AQShning harbiy bazalari bo‘lgan Guam oroliga raketa zarbalari berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma'lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa bunga javoban, KXDR AQShga tahdid qilishda davom etadigan bo‘lsa, uni Vashingtonning “o‘t va qahri” kutayotganini aytdi.
Germaniya hukumati bu borada Xitoy va Rossiyaga chaqiriq bilan chiqdi.
Mavzuga oid
19:34 / 13.02.2026
“AQSh bilan o‘rtamizda katta jarlik paydo bo‘ldi” – Fridrix Mers. Myunxen xavfsizlik forumidan reportaj
19:09 / 13.02.2026
Davlatlararo vositachi: Epshteyn ishidagi siyosiy detallar
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
15:55 / 13.02.2026