Jahon | 12:26 / 10.08.2017
8152
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni oshmoqda

Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda RIA «Novosti» Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugi ma'lumotiga asosan xabar qilmoqda.

«Mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan soat 9:00) Tszyuchjaygou uyezdida payshanba kuni yuz bergan 7 magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 kishiga yetdi, yana 431 inson jabrlandi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani va 343 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, Sichuan viloyatida kuchli zilzila 8 avgust kuni kechqurun yuz berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid