8 avgustda Xitoyning Siçuan viloyatida yuz bergan vayronkor zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 343 kişiga yetdi, deb ma'lum qildi Xitoy markaziy televideniyesi.
Avvalroq 19 kişi halok bölgani va 263 kişi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
"9 avgust soat 22:10ga köra Tszyuçjaygou uyezdidagi 7 magnitudali zilzila oqibatida halok bölganlar 19 kişini, jarohatlanganlar 343 kişini taşkil qilgan", deb aytilgan telekanal xabarida.
Ma'lum qilinişiça, 13 kişi oğir jarohat olgan, ularning ahvoli oğir deya baholangan.
Siçuan viloyatining Ngava-Tibet-Tsyan avtonom okrugidagi Tszyuçjaygou uyezdida 8 avgust soat 21:19da 7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bundan keyin mingdan köproq afterşok qayd qilingan.













