Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili oilasi bilan Vengriyaga keldi
Gruziya sobiq prezidenti, Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining xabar berishicha, Vengriyaga oilasi bilan kelgan. U bundan biroz vaqt muqaddam Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingandi.
«Oilamiz bilan Balaton ko‘liga keldik. Vengriya qiroli Andrash va uning rafiqasi, Ukraina malikasi Anastasiyaga qo‘yilgan haykal yonida», - deya yozdi u feysbukdagi sahifasida.
26 iyul kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qildi. Hukumatning tushuntirishicha, bunga sabab Saakashvili fuqarolikni olishda yolg‘on ma'lumotlarni taqdim etgan.
Saakashvilining o‘zi esa Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinishini Rossiya uchun sovg‘a, deb atadi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026