Jahon | 18:27 / 01.08.2017
13487
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinishini Rossiya uchun sovg‘a, deb atadi

Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning uni fuqarolikdan mahrum etish bo‘yicha qarori «Rossiyaga eng yaxshi sovg‘a» bo‘lgan. U bu haqda AQShdan videoaloqa bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Prezident Poroshenkoning qarori – bu Rossiyaga eng yaxshi sovg‘adir», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Siyosatchining ta'kidlashicha, Poroshenko ushbu qaror bilan «Ukraina demokratiyasini kuchsizlantirdi».

Bundan tashqari, Saakashvili kurashni davom ettirishga va'da berdi.

Avvalroq Mixail Saakashvili AQSh yoki boshqa davlatlardan boshpana so‘ramasligi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid