Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti: «Istalgan yo‘l bilan urushning oldini olamiz»
Koreya yarim orolidagi harbiy harakatlar Seulning roziligisiz amalga oshishi mumkin emas, deya ma'lum qildi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
«Hukumat istalgan yo‘l bilan urushning oldini oladi. Biz Shimoliy Koreya yadro muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishimiz lozim hamda bunga muvaffaqiyatsizliklar bog‘liq bo‘lishi kerak emas», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarim orolidagi harbiy harakatlar bo‘yicha qaror faqatgina Koreya Respublikasi tomonidan qabul qilinishi mumkin va hech kim buni ularning roziligisiz qila olmaydi.
Shu bilan birga, Mun Chje Inning ta'kidlashicha, Seul «muloqot uchun eshiklarni ochiq qoldirmoqda». Prezident hukumati KXDR yadro muammosiga tinch yo‘l bilan yechim topish uchun diplomatik sa'y-harakatlar ko‘rsatishiga ishonch bildirdi.
Avvalroq Pentagon rahbari KXDRning AQShga zarbasi harbiy harakatlarga olib kelishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026