20:20 / 16.08.2017
85738

Foto: Toshkentda Islom Karimov haykali o‘rnatildi

Toshkentdagi haykal Islom Karimov faoliyat olib borgan asosiy ish qarorgohi — Oqsaroy oldiga o‘rnatildi. Ayni vaqtda hududni obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Haykal muallifi Ilhom Jabborov. U O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlovda g‘olib chiqqan. Tanlovda O‘zbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Janubiy Koreya, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltarosh ishtirok etgan, jami 68ta loyiha taqdim etilgandi.

Jabborov Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi hisoblanadi.

Bundan oldinroq Samarqand shahrida Islom Karimov haykali o‘rnatilgani haqida xabar berilgandi.

Tez orada uchinchi haykal Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida o‘rnatiladi.

Top