Yoş ötgan  sari qiziquvçan bölib boramiz. Biroq ijodiy salohiyani uyğotiş uçun köp narsa kerak emas. Şunçaki nima uçun osmon moviy rangda ekani haqida öylab köring.

Oxirgi marta qaçon yerda yotib, osmonga boqib, nima uçun uning moviy rangda ekani haqida öylagansiz? Hoynahoy, bunga ança vaqt bölgan. Umuman olganda katta yoşli odam nima uçun bu haqida öylaşi kerak? Heç bölmaganda yana bir bor özingizni boladek his qilib körişingiz, bu jarayonda esa foydali könikmalar hosil qilişingiz uçun. "Layfxaker" hamkasblaringiz bilan şunday qilişni maşq qilib körişni maslahat beradi.

1. Kutilmagan savollar bering

Yoşimiz katta bölgaç, murakkab savollar bermay qöyamiz - şaxsiy va professional hayotimizda şoşilinç işlar haddan taşqari köpayib ketadi. Hozir qanday qilib bunday savol ustida boş qotiriş mumkin?

Bolalar nimalar haqida söraşi mumkinligi haqida öylab köring, masalan: "Nima uçun hiqiçoq tutadi?", Maşina nima uçun yuradi?" va h.k. Eslab köring, ehtimol yaqin orada farzandingiz şunday savol berganu, siz javob topa olmay qolgansiz. Hatto işingiz bilan boğliq savollar ham berişingiz mumkin, asosiysi, original savol bölsin.

2. Javob uçun bir soat vaqt ajrating

Javob izlaş jarayonida albatta qandaydir yangi narsalarni bilib olasiz va xotirangizni yangilab olasiz. Ehtimol, eski xobbingizga bölgan qiziqişingiz tiklanar.

Bir neça manbalardagi ma'lumotlarni tekşirişingizga va tezda işonçli ma'lumotni topişingizga töğri keladi. Bu könikmalar tanqidiy fikrlaş uçun zarur. Bundan taşqari, birgalikdagi qidiruv jarayonlarida hamkasblaringizdan qandaydir foydali narsalar örganarsiz.

3. Özaro xabarlaşib işlang

Aksariyatimiz binoning faqat özimizga tegişli qismida bir özimiz işlaşga örganib qolganmiz. Majburiyatlarimiz bir xil bölgan paytda esa boşqalar bilan raqobatlaşa boşlaymiz, ba'zan buni özimiz ham anglamay qolamiz. Bunday bölmasligi uçun esa, qidiruv jarayonida barça uçun bir kompyuterdan foydalaning.

4. Bahslaşing, lekin özgalar fikrini hurmat qiling

Xilma-xil fikrlar va bahslar boş qotirişga majbur qiladi, voqeaga qarama-qarşi tomonning nuqtai nazaridan nazar taşlaş imkonini beradi. Biroq köpçilik odob yuzasidan yo noqulay vaziyatga tuşmaslik uçun indamay qöyadi.