Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq va moliya organlari rahbarlariga ustama hamda jarimalar miqdori tasdiqlandi
Prezidentning 10.08.2017 yildagi PF–5147-son farmoni bilan Soliq va moliya organlari rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish va ularning mas'uliyatini oshirish uchun faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjat bilan moddiy rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo‘llash uchun faoliyatni baholash mezonlari aniqlandi.

Tegishli ravishda ko‘rsatilgan mezonlarning mavjudligi yoki mavjud emasligidan kelib chiqqan holda tegishli miqdor bo‘yicha rag‘batlantirish yoki undirish masalasi hal etiladi.

Mezonlarning hisob-kitobi tegishli hisobot choragi uchun amalga oshiriladi. 1- jadvalda keltirilgan barcha mezonlar bajarilganligi uchun tegishli byudjyetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy soliq va moliya organlarining mas'ul xodimlariga har chorak yakuni bo‘yicha lavozim maoshining 50%igacha miqdorda mukofot to‘lanadi. Jarimalar MK 182-moddasi tartibida qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
10:50
Temiryo‘l va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun jarimalar belgilandi
14:00 / 02.02.2026
“Sport targ‘ibotchisi”ga ustama: 20 foiz qo‘shimcha to‘lov belgilandi
15:58 / 21.01.2026
Tadbirkorga qo‘llangan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilindi
20:55 / 20.01.2026