O‘zbekiston | 16:34 / 25.08.2017
18345
4 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlarini sotib olish imkoniyati yaratildi (ro‘yxat)

Foto: Flickr

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olib borish yo‘li (ommaviy oferta) bilan sotiladigan davlat aktivlarini sotib olishga taklif etmoqda.

1. Toshkent shahar, Bektemir tumani, Chirchiqbo‘yi ko‘chasi manzilida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino (2 194,0 kv.m.) – 1 404 154 730,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 2, 17 oktabr, 1, 16 noyabr, 1, 18 dekabr;

2. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 1a-uy manzilida joylashgan bir qavatli binoning yerto‘lasi (xizmat ko‘rsatish) (154,0 kv.m.) – 315 086 600,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 7, 22 avgust,
6, 21 sentabr;

3. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan bir qavatli binoning yerto‘lasi (oshxona) (230,0 kv.m.) – 488 085 030,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 16, 31 avgust, 15 sentabr;

4. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 4a-uy manzilida joylashgan bir qavatli binoning foydalanilmayotgan yerto‘la qismi (379,0 kv.m.) – 1 707 783 040,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 2, 17 oktabr, 1, 16 noyabr, 1, 18 dekabr;

5. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Uyg‘ur ko‘chasi, 487-uy manzilida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish mulkiy majmuasi (23 603,0 kv.m.) – 62 073 944 450,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 10, 25 avgust, 11 sentabr;

6. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, TKAY ko‘chasi manzilida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish mulkiy majmuasi (22 728,0 kv.m.) – 42 762 493 610,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 10, 25 avgust, 11 sentabr;

7. Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Istirohat ko‘chasi, 258-uy manzilida joylashgan “Istirohat” fabrikasi bino va inshootlari
(7 013,0 kv.m.) – 20 614 156 800,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning
7, 22 avgust, 6, 21 sentabr, 6, 23 oktabr, 7, 22 noyabr, 7, 22 dekabr;

8. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘chasi, 3a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar (20 628,0 kv.m.) – 44 421 125 940,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 2, 17 oktabr, 1, 16 noyabr, 1, 18 dekabr;

9. Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi,
115-uy manzilida joylashgan “Sayoxat” mehmonxona binosi (6 178,3 kv.m.) – 28 613 375 380,0 so‘m. Savdo kunlari: 2017 yilning 2, 17 oktabr, 1, 16 noyabr, 1, 18 dekabr.

Davlat aktivlarini sotib olish shartlari quyidagicha:

- eng yuqori sotib olish bahosini taklif etish;

- ushbu davlat aktivlari uchun eng yuqori mikdorda investitsiya kiritish majburiyatlarini olish;

- yangi ishchi o‘rinlari tashkil etish;

- sotib olish to‘lovi va investitsiya majburiyatlarini qisqa muddatlarga amalga oshirish.

Savdolarda qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

- sotuvchining bank xisob raqamiga obektning boshlang‘ich narxidan
15 foizdan kam bo‘lmagan zakalat summasi;

- takliflar (biznes-rejalar) va kerakli hujjatlar solingan hamda yelimlab yopishtirilgan, imzo bilan tasdiqlanib, muhrlangan konvertlar, ikki nusxada.

Savdo g‘olibiga boshqarmaning buyrug‘i qabul qilingan sanadan boshlab yigirma kun muddat ichida oldi-sotdi shartnomasini imzolash sharti yuklatiladi.

Savdolarda ishtirok etish uchun talabgorlardan arizalarni kabul qilish oferta savdosi boshlanishiga 1 ish kuni avval soat 16:00 da to‘xtatiladi.

Takliflar bo‘yicha murojaatlar Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 16”A”-uy manzilida qabul qilinadi.

(Mo‘ljal: Sobiq Toshkent viloyati hokimligi binosi qarshisida)

Murojat uchun telefonlar: 233-35-08, 233-21-40

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid