Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 20 mln dollarlik to‘qimachilik fabrikasi qurilishi boshlandi
Foto: Facebook/Erkinjon Turdimov
Surxondaryoning Denov tumanidagi "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan tekstil fabrikasi qurilishi ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qildi.
Uning yozishicha, loyihaning umumiy qiymati 20 mln.AQSh dollari bo‘lib, shundan 12.5 mln AQSh dollari bank krediti bo‘lsa, qolgan 7.5 mln AQSh dollari "Shoxmoxkashshob" agrosanoat firmasi tomonidan moliyalashtiriladi.
400 kishini doimiy ish bilan ta'minlaydigan mazkur loyiha 2018 yil 1 choragida ishga tushiriladi.

To‘qimachilik fabrikasining yillik quvvati 6300 tonna ip-kalava ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uning umumiy yer maydoni 6 gektarni tashkil etadi.




Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026